"Liverpul" vingeri Federiko Keza klubni tark etmoqchi emas. Italiyalik futbolchi jamoa bilan Osiyo yig'iniga bormaganida mavsumlar oralig'ida ketish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqayotgan edi. Iyul oyi oxirida "qizillar" Luis Diasni "Bavariya"ga sotdi - endi Keza tarkibga kirish uchun ko'proq imkoniyatga ega. Insayder Fabritsio Romanoning yangilangan hisobotida yozishicha, 27 yoshli futbolchi "Liverpul"ga jamoada qolish istagi borligini ma'lum qilgan.

Federiko Keza Premer-liganing 1-turidan o'rin olgan "Bornmut"ga (4:2) qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, gol urdi. Bu gol futbolchi uchun Angliya chempionati doirasidagi ilk gol bo'ldi.