Federiko Kezaning APLdagi ilk goli "Liverpul"ning g'alabasini ta'minladi.

Mersisaydliklar APL 1-turida "Bornmut"ni (4:2) mag'lub etdi.

Uchrashuvning 88-daqiqasida Keza gol urib, g'alabani ta'minladi. Bu 27 yoshli vingerning APLdagi ilk goli bo'ldi.

O'tgan mavsumda italiyalik futbolchi Angliya chempionatida 6 o'yinda gol yoki assist qayd etmagandi. U qolgan turnirlarda 14 o'yinda 3 (2+1) ochko to'plagan.