Keyrush O'mon terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi

Portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush O'mon terma jamoasini qabul qilib oldi. Bu haqda O'mon futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bitim tafsilotlari oshkor etilmagan. Ayni paytda O'mon terma jamoasi jahon futbol reytingida 79-o'rinni egallab turibdi.
O'tmishda Keyrush bir qator klublar va terma jamoalarda, jumladan, Portugaliya va Madridning "Real" klubida ishlagan. Uning so'nggi ish joyi Qatar terma jamoasi edi.