Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Xarri Keyn yaqinda “Tottenxem”ga o'tgan sobiq jamoadoshi Matis Telning istiqboliga yuqori baho berdi.

"Matis ulkan salohiyatga ega. U hujumda qaysi pozitsiyada o'ynamasin, har doim xavfli hududlarda bo'sh joy topa oladi, u yaxshi yakunlovchi va yakkama-yakka vaziyatlarda zo'r.

Lekin men unga ortiqcha bosim o'tkazmoqchi emasman.

U hali juda yosh va Premer-ligada o'ynashi kerak. Garchi "Bavariya"da tajriba orttirgan bo'lsa-da, u hali ham o'zini rivojlantirishi va bu o'yindan zavqlanishini istaydi.

Umid qilamanki, u Premer-ligada porlay oladi", - deya Keynning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.