Kevin Trapp o'ziga yangi jamoa topdimi?

"Ayntraxt" darvozaboni Kevin Trapp shu oyda Frantsiyaga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda L'Equipe.
Manbaga ko'ra, Frantsiya futbolining elitasiga qaytgan "Parij" avvalroq Parijning boshqa bir klubi - "PSJ"da o'ynagan 35 yoshli germaniyalik futbolchi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Transfermarkt portali germaniyalik posbonning narxini 2,5 million evroga baholamoqda.
Trapp 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 46 ta gol o'tkazib yuborgan va 10 marta darvozani daxlsiz saqlab qolgan.