"Los-Anjeles" rasmiy sayti Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jorjo Kellini klub xo'jayinlari guruhiga qo'shilganini e'lon qildi.

"Los-Anjeles" xo'jayinlari guruhiga qo'shilish men uchun katta sharaf. Uch yil oldin bu erga futbolchi sifatida kelganimda, bu klubda qandaydir o'ziga xoslik borligini darhol his qilganman. Bu taniqli insonlar tomonidan yaratilgan va hamjamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan ulkan tashkilot bo'lib, u sizni haqiqatan ham o'z uyingizdagidek his qilishga undaydi. Shuning uchun o'tgan yili men mulkdor bo'lish istagini bildirdim va endi bu yo'lni davom ettirayotganimdan va o'zim chuqur ishonadigan loyihani qo'llab-quvvatlayotganimdan faxrlanaman," - dedi Kellini.

40 yoshli italiyalik 2023 yilda "Los-Anjeles"da futbolchilik faoliyatini yakunladi. 2024 yilda u klubda rivojlanish bo'yicha murabbiy bo'lib ishlagan.