"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro jamoasi 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasi chempioni bo'lishini aytdi.

- Bu mavsumda Angliya chempionatida kim g'olib bo'ladi?

- "Manchester Yunayted," - deb javob berdi Kazemiro British GQ’ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida e'lon qilingan videoda.

Angliya chempionatining o'tgan mavsumida Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" 38 turda 42 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 15-o'rinni egalladi.