Karreras Mbappe bilan o'ynash haqida o'z fikrlarini bildirdi

Madridning "Real" klubi chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras "qaymoqranglilar" safidagi ilk o'yindan keyin Kilian Mbappe haqidagi savolga javob qaytardi.
Seshanba kuni Xabi Alonso jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Avstriyaning "Tirol" klubini tor-mor etdi (4:0). Karreras o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 63-daqiqagacha o'ynadi. Final hushtagi chalingandan so'ng jurnalistlar yangi futbolchidan Mbappe haqida so'rashdi, u ikkita gol va golli pas muallifi bo'ldi.
"Men doim Kilian kabi jamoadoshlarim bilan o'ynash juda yoqimli ekanini, futbol osonlashayotganini aytganman. Ammo "Real"ning barcha futbolchilari bilan o'zimni qulay his qilyapman - Vinisius va Xyoysen bilan ham, ular bilan qanotda va himoyada birga o'ynayman. Men juda mamnunman," - dedi Karreras intervyuda.
19 avgust kuni "Real" o'z maydonida La Liga 1-turidan o'rin olgan "Osasuna"ga qarshi bahs olib boradi.