"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Martin Subimendining "Arsenal"ga o'tishiga Mikel Arteta bevosita ta'sir qilganini aytdi.

Unga ko'ra, "kanonirlar"ning ispaniyalik murabbiyi yarim himoyachini "qizillar"ning burni ostidan "o'g'irlab ketgan", garchi bir yil avval futbolchi "Enfild"ga o'tishga yaqin qolgan bo'lsa-da. Natijada shu yozda London klubiga 51 million funt sterlingga transfer amalga oshirildi.

Karragerning ta'kidlashicha, Subimendining qarori nafaqat "Real Sosedad"ga sodiqlik bilan bog'liq, balki Artetaning taktik harakati natijasidir. Uning fikricha, bask mutaxassisi kelishuvga zamin hozirlagan va yarim himoyachini "Arsenal"ga o'tishga ko'ndirgan.

Subimendining o'zi The Athletic nashriga bergan intervyusida uning tanlovida aynan Arteta bo'lganini tan oldi: "Men "Real Sosedad"dan ketganimda sifatli murabbiy kerak edi. Men uni topdim deb o'ylayman. Uning aql bovar qilmaydigan ko'zi bor va men uni Evropaning eng yaxshilaridan biri sifatida ko'raman".

Subimendi debyutini Premer-liganing dastlabki o'yinida "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tkazishi mumkin. Ispaniyalik futbolchi chempionlik uchun kurashni yangilamoqchi bo'lgan "kanonirlar" yarim himoyasini qayta tiklashda asosiy figura sifatida ko'rilmoqda.