"Liverpul"ning taniqli sobiq futbolchisi Jeymi Karragerning fikricha, "Arsenal"ning asosiy o'yinlarida Mikel Arteta uchun Viktor Dyokeresh ustuvor variant emas.

Shvetsiyalik forvard "kanonirlar" safida birinchi turda "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda (1:0) debyut qildi, ammo o'zining kuchli tomonlarini ko'rsata olmadi. Ko'pchilikning fikricha, londonliklarning yangi a'zosi "Old Trafford"dagi o'yinni ochiqchasiga barbod qildi.

"To'g'risini aytsam, muhim o'yinlarda Arteta hujumda Xaverts variantiga qaytadi, deb o'ylayman. Men Dyokeresh qanday o'ynayotganini ko'ryapman va u "Lids"ga qarshi o'yinda o'zini ko'rsatishi mumkin, ammo "Liverpul"ga qarshi [uchinchi turda] Xaverts emas, u maydonga tushsa, juda hayron bo'laman," - deya Karragerning so'zlarini keltiradi ingliz OAV.