Kapello yangi mavsumda kimlardan ko'proq narsa kutayotganini aytdi

Italiyalik taniqli mutaxassis Fabio Kapello bo'lajak mavsumda o'zini eng yaxshi tomondan ko'rsatishi kerak bo'lgan futbolchilarni sanab o'tdi.
"Soule va Leauni aytgan bo'lardim. Argentinalik "Liverpul"da meni hayratga solgandi, menimcha, u keyingi Paulo Dibala bo'ladi. Leau haqida doimo bitta savol tug'iladi - barqarorlik. Endi Allegridek murabbiy oldida uning hech qanday bahonasi bo'lmaydi," - deb hisoblaydi Kapello, uning so'zlaridan fcinter1908.it iqtibos keltiradi.
Italiya chempionatining yangi mavsumi shu hafta oxirida boshlanadi.