Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello Turinning "Yuventus" klubi markaziy hujumchisi Dushan Vlaxovichning A Seriyaning boshqa bir klubi - "Milan"ga o'tishi borasida fikr bildirdi.

"Vlaxovich bir mavsumda 20+ gol urishga qodir. U buni Florentsiyada qilgan, Turinda ham shunday ko'rsatkichga yaqin edi. Dushan - jarima maydoni ichida qotil hujumchi. U yana o'ziga ishonch hosil qilsa, gol urishni boshlaydi", - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.

25 yoshli markaziy hujumchi "Yuventus" bilan kelasi yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolagan. Uning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.