Kapello Leauning yanada intizomli bo'lishini kutmoqda

Italiyaning "Milan" klubi sobiq ustozi Fabio Kapello yangi murabbiy Massimiliano Allegri qo'l ostida portugaliyalik hujumchi Rafael Leauning yanada intizomli bo'lishiga umid qilmoqda. Kapelloning so'zlariga ko'ra, u allaqachon bu jarayonning ijobiy belgilarini ko'rmoqda.
"Rafa - bu alohida mavzu. Uning iste'dodiga hech kim shubha qilmaydi. Umid qilamanki, Allegri bilan u yanada tartibli va barqaror bo'ladi. Birinchi signallarni ko'ryapman," - deya Kapelloning so'zlarini keltiradi Italiyaning La Gazzetta Dello Sport nashri.
Eslatib o'tamiz, Leau "Milan" safida 2019 yildan buyon to'p tepib kelmoqda.