Kapadze OFK Bosh kotibi bilan uchrashdi va O'FAning maxsus sovg'alarini topshirdi

Bugun, 17 iyul kuni Jahon chempionati-2026 saralashining 4-bosqichiga qur'a tashlandi. Kuala Lumpur shahridagi OFK qarorgohida o'tkazilgan marosimda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi.
Shundan so'ng Timur Kapadze OFK Bosh kotibi Datuk Seri Vindzor Jen bilan uchrashdi va O'zbekiston futbol assotsiatsiyaning maxsus sovg'alarini topshirdi.