Kanisares: "Ashraf va Vitinya "Oltin to'p"ga Dembeledan 20 karra haqliroq"

Santyago Kanisaresning fikricha, "Oltin to'p"ni Hakimiy yoki Vitinya olishi kerak.
"Ashraf "Oltin to'p"ga Vitinya kabi Dembeledan 20 barobar ko'proq loyiq. Mukofotni hujumchilarga berishlari jonimga tegdi.
Vaqti-vaqti bilan uni Ashraf kabi mavsumni o'tkazgan qanot himoyachisiga yoki Vitinya kabi yarim himoyachiga topshirish kerak.
Bu mutlaqo normal holat va sovrinning qadr-qimmatini aslo tushirmaydi," - dedi "Valensiya" va Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni KO'JCh finali vaqtida.
"PSJ" klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida "Chelsi"ga yutqazdi - 0:3.