Juliano Simeone: "Chempionlar Ligasi haqida orzu qilaman"

Simeonelar oilasi allaqachon Madridning "Atletiko" klubi bilan qaytarilmas nasliy aloqaga ega, klubning hozirgi murabbiyi Diego Simeone 90 yillarda uning tarkibida o'ynashga ham ulgurgan. Hozirda u boshqalar qatori o'g'li Julianoga ham murabbiylik qilmoqda. U esa Madrid klubi bilan yuqori cho'qqilarni zabt etishni orzu qiladi.
"Klub sovrinlarni sog'indi. Ularni murabbiy xohlaydi, prezident xohlaydi. Biz hammamiz muvaffaqiyatga intilamiz. Shaxsan menga raqib darvozasi oldida biroz aniqlik etishmayapti, buning ustida ishlayapman. Argentina terma jamoasi safida jahon chempionatida o'ynashni orzu qilaman. Yana bir orzu - Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish," - deya Juliano Simeonening so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.com.