Joze Mourino "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogar kim ekanligini aytdi

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino joriy mavsum "Oltin to'p"ni kim qo'lga kiritishi kerakligini aytdi.
"Futbol jamoaviy sport turi. Alohida murabbiylar va o'yinchilar haqida istalganicha gapirish mumkin, lekin shaxsiy sovrinlar jamoaviy sovrinlarga bog'liq bo'lishi kerak. Menga Nunu Mendesh ham, Vitinya ham birdek yoqadi. Ulardan birini tanlay olmayapman. Hatto Jorje Mendesh (futbol agenti) mendan xafa bo'lsa ham mayli, chunki u o'z vakili Yamalning sovrin yutishini istaydi," - deya Mourinoning so'zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.