Joze Mourino klubi Saudiya klubidan katta taklif olgan futbolchini qo'lga kiritmoqchi

Vendel "Fenerbaxche"ga o'tishi mumkin.
Jurnalist Zafar Ertashning ma'lum qilishicha, turk klubi 22 iyundan buyon "Zenit" bilan muzokaralar olib bormoqda. Yangi uchrashuv kelasi hafta seshanba kuni bo'lib o'tadi.
Ma'lum qilinishicha, Vendel Saudiya Arabistonidan "astronomik taklif" olgan. Braziliyalik hali kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmagan.
Eslatib o'tamiz, yozda Vendel "Botafogo"ga o'tishi kerak edi, ammo braziliyaliklar o'zaro kelishuvga ko'ra "Zenit" bilan shartnomani bekor qildi. Bugun ertalab yarim himoyachi Sankt-Peterburgga qaytdi.