Jovanni Reyna Myonxengladbaxning "Borussiya"siga o'tishi mumkin

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Jovanni Reyna transfer oynasi yakuniga qadar Myonxengladbaxning "Borussiya" klubiga ko'chib o'tishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Martsio.
Manbaga ko'ra, transfer summasi 3 million evrodan 3,5 million evrogacha va bonuslar bo'lishi mumkin. Yakuniy javob payshanba kuni kutilmoqda.
Avvalroq, 22 yoshli amerikalik futbolchiga "Parma" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Reynaning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar imzolangan.