Jota "Liverpul"ni endi "hech qachon" tark etmaydi (foto)

Ispaniyadagi avtohalokatda ukasi bilan birga vafot etgan Diogu Jota "Liverpul" tarkibini endi "hech qachon" tark etmaydi. Klubning veb-saytdagi qaydnomasida Diogu uchun alohida joy bor.
Uning familiyasi yonida "abadiy" degan yozuv bor. Portugaliyalikning faoliyati endi hech qachon tugamaydi.
