Jokovich katta loyihaning bir qismi bo'ladi

"Le Man" prezidenti mashhur tennischi Novak Jokovichning klubga sarmoya kiritishini ma'lum qildi.
"Men yangi moliyaviy hamkor kelganini e'lon qilishdan mamnunman: Lotin Amerikasidagi sport sarmoyalari bo'yicha etakchi OutField va Oak Berry asoschisi va bosh direktori Jorjio Frangulis.
Bu Braziliya investitsiya jamg'armasi. Mening chiroyli o'yinga bo'lgan muhabbatimni bilasiz.
Bu jamg'armaning o'ziga xos jihati shundaki, yuqori saviyali sportchilar ham hissa qo'shadi. Demak, Novak Jokovich, Felipe Massa va Kevin Magnussen bu loyihaning bir qismi bo'lishadi”, — dedi Terri Gomes.