Jiru Frantsiya chempionatida "Lill" uchun gol urgan eng yoshi katta futbolchi bo'ldi

Frantsiya chempionatiga qaytgan Olive Jiru "Lill" safidagi dastlabki o'yindayoq gol urgani haqida xabar bergan edik. U 38 yoshu 321 kunligida gol urishga muvaffaq bo'ldi, bu "itlar"ning Frantsiya chempionatidagi yangi klub rekordi bo'ldi.
Avvalgi natija 2022 yil noyabr oyida gol urgan Joze Fontega tegishli edi. U 38 yosh-u 319 kunligida raqib darvozasini ishg'ol qilgan.
Frantsiya chempionatining keyingi 2-turida "Lill" o'z maydonida musobaqa favoritlaridan biri "Monako"ga qarshi bahs olib boradi. Bu yaqinlashib kelayotgan yakshanba, 24 avgust kuni sodir bo'ladi.