"Jirona" "Manchester Siti"ning ikki yosh futbolchisiga da'vogarlik qilmoqda

"Jirona" "Manchester Siti"da to'p tepayotgan yarim himoyachi Klaudio Echeverri va himoyachi Vitor Reysni ijaraga olmoqchi.
Har ikki futbolchiga Xosep Gvardiola jamoasida muntazam o'yin amaliyoti kafolatlanmagan, shu bois "shaharliklar" ularni ijaraga yuborishi mumkin. City Xtra xabariga ko'ra, Kataloniya klubi allaqachon 19 yoshli argentinalik va braziliyalik futbolchi transferi ustida ish olib bormoqda.
Transfermarkt talqiniga ko'ra, Echeverrining narxi 18 mln evroni tashkil etadi va uning shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchiga Italiyaning "Roma" klubi ham da'vogarlik qilmoqda.
Reysning o'sha saytdagi narxi - 30 mln evro. Uning ingliz grandi bilan mehnat shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.