Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Toma Lemar faoliyatini "Jirona"da davom ettirishi mumkin.

L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko'ra kataloniyaliklar 29 yoshli frantsiyalik futbolchini ijaraga olish borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Futbolchiga "Jirona"dan tashqari "Rayo Valekano", "Osasuna" va "Selta" klublar ham qiziqish bildirmoqda. Lemarning "Atletiko" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi va uning Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, bozor qiymati besh million evroni tashkil qiladi.

O'tgan 2024/25 yilgi mavsumda yarim himoyachi bor-yo'g'i sakkizta o'yinda maydonga tushib, samarali harakat qilmadi.