"Bavariya" darvozaboni Daniel Peretsning faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Jenoa" allaqachon Myunxen klubi bilan muzokaralarga kirishgan, shuningdek, 25 yoshli futbolchining o'zi bilan ham muzokara olib borilmoqda, deb xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg.

Daniel Peretsning o'zi yangi jamoasida "birinchi raqamli" darvozabon bo'lishni xohlaydi.

Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, uning narxi 3 million evroni tashkil etadi, "Bavariya" bilan shartnomasi esa 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Perets Germaniya grandining asosiy jamoasi safida ettita o'yin o'tkazib, jami ettita gol o'tkazib yuborgan.