Jennifer Lopesning kontserti Qozog'iston chempionati o'yinining ko'chirilishiga sabab bo'ldi

Qozog'iston oliy ligasining 18-turidan o'rin olgan poytaxtning "Jenis" hamda Ko'kshetauning "Oqjetpes" klublari o'rtasidagi uchrashuv 25 iyulga ko'chirildi.
Dastlab o'yin 27 iyul kuni bo'lib o'tishi kerak edi, biroq Jennifer Lopesning "Astana Arena" stadionida bo'lib o'tadigan kontsertiga tayyorgarlik ko'rilgani sababli o'yinni ikki kun avval o'tkazishga qaror qilindi.