Jekson "Chelsi"dagi kelajagini hal qildi

Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Nikolas Jekson jamoadan ketish haqida o'ylamoqda.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli futbolchi raqobat kuchaygani sababli boshqa jamoaga o'tishni istamoqda, chunki "ko'klar" tarkibini joriy mavsum oralig'ida hujumchilar Liam Delap va Joao Pedro to'ldirgan.
Avvalroq, Jeksonga "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
U o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.