Superliga ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "So'g'diyona" bugun Qirg'iz Respublikasining "Abdish-Ata" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O'yinda Qirg'iz Respublikasi klubi safida Rikelme gol urgan bo'lsa, jizzaxliklardan Jasur Jaloliddinov javob to'pini kiritdi.