UFC'ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni, 36 yoshli amerikalik sportchi Jastin Getji amaldagi chempion Iliya Topuriya bilan jang qilish niyatida ekanligini bildirdi.

"Hozirda Topuriya — katta yulduz. Ammo u o'ziga haddan ortiq ishonmoqda. Men uni noyabrda, “Madison Square Garden”dagi turnirda nokaut qilishdan mamnun bo'lardim", — deya Getjining so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.

Eslatib o'tamiz, Jastin Getji oxirgi jangini UFC 313 turnirida o'tkazgan va unda ozarbayjonlik Rafael Fiziev ustidan hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan g'alaba qozongan edi.

Iliya Topuriya esa professional MMA'dagi faoliyatida hali mag'lubiyat nimaligini bilmaydi va hozirda engil vazn toifasida UFC chempionlik kamariga ega.

Manba: www.daryo.uz