Jarohatlar mavsumi boshlandi: Onana mavsumoldi mashg'ulotlarda jarohat olib safdan chiqdi

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi kamerunlik darvozaboni Andre Onana mavsumoldi yig'ini vaqtida jarohat oldi. Bu haqda mahalliy The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Pay shikastlanishi natijasida 29 yoshli futbolchi 1 oydan 2 oygacha safdan chiqishi mumkin. Yangi darvozabon (Onana o'rniga) topish bo'yicha faol ish olib borishni rejalashtirmagan jamoa rahbariyati qidiruvni boshlashga majbur bo'ladiganga o'xshaydi.
O'tgan mavsumda narxi 25 million evroga teng bo'lgan Onana 50 ta o'yinda maydonga tushib, 65 ta to'p o'tkazib yuborgan. Darvozabon hisobida 11 ta "quruq" o'yin bor. Uning jamoasi Evropa Ligasi finaliga qadar etib bordi va APLda o'n beshinchi o'rinni egalladi.