Janubiy Koreya terma jamoasi a'zosi London klubiga o'tishi mumkin

"Kristal Pelas" "Vulverxempton" hujumchisi Xvan Xi Chxan transferiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi jurnalist Ben Jeykobs.
Manbaga ko'ra, London klubi futbolchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda. 29 yoshli koreyalik futbolchi avvalroq jamoaning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotgandi.
Shuningdek, hujumchiga frantsiyalik futbolchilar ham qiziqish bildirgan. Ammo futbolchining o'zi faoliyatini APLda davom ettirish niyatida.
2024/25 yilgi mavsumda Xvan Xi Chxan barcha turnirlarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 12 million evroga baholagan.