2007 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston U-18 terma jamoasi 20-31 iyul kunlari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi. Ushbu yig'in ikki qismdan iborat bo'lib, unda terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish hamda yangi futbolchilarni selektsiya qilish ishlari olib boriladi.

Bosh murabbiy Jamoliddin Rahmatullaev tomonidan yig'inning birinchi qismiga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.