Jamal Musiala operatsiya qilindi

"Bavariya" futbolchisi Jamal Musiala yaqinda olgan og'ir jarohatidan so'ng operatsiya qilindi. 22 yoshli hujumkor yarim himoyachi klublar o'rtasidagi jahon chempionati chorak finali doirasida "PSJ" darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan to'qnashib ketdi. Keyinchalik nemisning kichik boldir suyagi singanligi aniqlandi.
Bugun Musiala operatsiyani muvaffaqiyatli o'tkazdi, deya xabar bermoqda "Bavariya" matbuot xizmati. Ertadan boshlab futbolchi reabilitatsiya kursini boshlaydi. Ma'lumotlarga qaraganda, myunxenliklar to'rt-besh oy davomida yosh yulduzsiz harakat qilishiga to'g'ri keladi.
"Bavariya"ning "PSJ" bilan o'yini nemis jamoasining mag'lubiyati bilan yakunlandi - 0:2.