"Bayer" yarim himoyachisi Granit Jaka faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, 32 yoshli shveytsariyalik futbolchi allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tish uchun kelgan, shundan so'ng u "Sanderlend" bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.

Klublar avvalroq bitim shartlarini kelishib olishgandi - transfer summasi 20 million evroni tashkil etadi.

Shveytsariyalik futbolchi o'tgan mavsumda "Bayer" safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 7 ta golga hammualliflik qilgan.

Eslatib o'tamiz, "Sanderlend" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra APLga qaytgandi.