Leverkuzenning "Bayer" jamoasi yarim himoyachisi Granit Jaka klub rahbariyati bilan bog'lanib, "Sanderlend"ga o'tish istagini bildirdi. Bu haqda The Athletic nashrining sahifalarida xabar berildi.

Ma'lum qilinishicha, "Bayer" va "Sanderlend" o'rtasidagi muzokaralar jarayoni hali ham davom etmoqda. Shu bilan birga, 32 yoshli shveytsariyalik futbolchi allaqachon Angliya premer-ligasi jamoasi bilan kelishuvga erishgan. Jaka "Bayer"dan bitimni imkon qadar tezroq yakunlashni so'ragan.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 12 million evroga baholamoqda.