Ivan Rakitich Xorvatiya klubida direktor bo'lib ish boshladi

Xorvatiyalik Ivan Rakitich "Xayduk" klubining texnik direktori bo'ldi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Joriy yilning iyul oyida Rakitich futbolchilik faoliyatini yakunladi, uning so'nggi klubi aynan "Xayduk" edi. U bungacha "Ash-Shabab", "Sevilya", "Barselona", "Shalke-04" va "Bazel" klublarida ham to'p tepgan.
"Bu safar futbol maydonidan tashqarida "Hayduk" bilan o'z yo'limni texnik direktor sifatida davom ettirishdan juda xursandman. G'alaba qozonish va o'rganishga intilish o'sha-o'sha! Ishonch uchun klubga rahmat," - deb yozdi Rakitich ijtimoiy tarmoqda.
Xorvatiyalik yarim himoyachi sifatida harakat qilgan. U "Barselona" bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqdi va "Sevilya" bilan ikki marta Evropa Ligasida g'olib chiqdi. Xorvatiya terma jamoasi tarkibida Rakitich 2018 yilda Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatining kumush medali sovrindori bo'ldi.