"Atalanta" markaziy himoyachisi Jorjio Skalvini "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda. Italiyalik futbolchining transfer summasi 50 mln evroni tashkil etadi.

Avvalroq, 21 yoshli himoyachiga "Nyukasl" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bundan tashqari, italiyalik futbolchining transferiga A Seriyaning bir qator klublari va "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroga teng.