Italiyalik iqtidor bugun Liverpul tomon uchadi

Jovanni Leoni bugun "Liverpul"ga o'tishini yakunlaydi.
Avvalroq, "qizillar" 18 yoshli himoyachining "Parma"dan transferini kelishib olgani xabar qilingandi. Uning summasi 35 mln evroni tashkil etadi, italyan klubi futbolchini qayta sotishdan ham foiz oladi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, bitim to'liq yopilgan.
Bugun futbolchi va uning agenti Liverpulga yo'l oladi. U erda Leoni tibbiy ko'rikdan o'tadi va mersisaydliklar bilan shartnoma imzolaydi.