Italiya murabbiylar assotsiatsiyasi Isroilni futboldan chetlashtirishni talab qilmoqda

Italiya murabbiylar assotsiatsiyasi Isroilni chetlatishni talab qilmoqda.
“Prezidiumdagi muhokamadan so'ng assotsiatsiya milliy kengashi bir ovozdan federatsiya rahbari Gravina va FIGC ning barcha tuzilmalariga maktub yo'llashga qaror qildi, unda UEFA va FIFAdan Isroilning ishtirokini vaqtinchalik to'xtatib turishni talab qilib, Italiya futboli Falastin xalqini qo'llab-quvvatlash taklifi berildi”, — deyiladi tashkilot xabarida.
"Sport asosidagi gumanistik qadriyatlar bizni dahshatli oqibatlarga olib keladigan harakatlarga qarshi turishga majbur qiladi" - dedi assotsiatsiya rahbari Rentso Uliveri.
"Bo'layotgan voqealardan yuz o'girib, shunchaki o'ynash mumkinmi? Biz buni noto'g'ri deb hisoblaymiz", - dedi vitse-prezident Djankarlo Kamoleze.
"Begunoh qurbonlar juda ko'p, ularning ko'plari sportchilardir. Bu xalqaro qarshi choralarni izlash uchun yana bir sababdir, jumladan bizning hududimizda" - deya qo'shimcha qildi vitse-prezident Perluidji Vossi.
"Dunyo yonmoqda. Falastinliklar kabi ko'plab xalqlar azob chekmoqda. Befarqlikka yo'l qo'yib bo'lmaydi", - deya xulosa qildi vitse-prezident Franchesko Perondi.