«Istiqlol»ning o'zbek himoyachisi yig'in paytida jarohat oldi

O'zbek himoyachisi va «Istiqlol» jamoasining yangi futbolchisi Rustam Ashurmatov jamoaning Turkiyadagi yig'inlaridagi payshanba kungi mashg'ulotda nisbatan jiddiy jarohat oldi va tibbiy yordamchilar ko'magida maydonni tark etdi.
U zudlik bilan tibbiy ko'rik, jumladan MRT tekshiruvi uchun shifoxonaga olib ketildi.
Tekshiruvning yakuniy natijalari hali e'lon qilinmadi, biroq dastlabki baholashlarga ko'ra, u bir necha hafta maydondan chetda qolishi ehtimoli bor-deb xabar bermoqda Eron nashri Khabar Varzeshi.