"Istanbul Bashakshexir" bosh murabbiyi Fayzullaev haqida gapirdi

Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" jamoasi bosh murabbiyi Chag'dan Atash Konferentsiyalar ligasi saralashi doirasidagi "Universitet Krayova" jamoasiga qarshi o'yindan oldin hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev haqida fikr bildirdi.
«Fayzullaev jamoada, u ertangi o'yinga tayyor. Abbosning transferi bo'yicha chala qolgan hujjat ishlari bor edi va ular bugun hal qilindi», - dedi Atash matbuot anjumanida.