Moskvaning TsSKA klubi "Istanbul"dan xavbek Abbosbek Fayzullaev transferi uchun hozircha pul olgani yo'q.

Turkiya klubi moliyaviy mablag'larni o'tkazishda qiyinchiliklarga duch keldi.

"Transfer uchun to'lov bilan bog'liq muammo yo'q, ammo pul o'tkazmasi bilan bog'liq muammo bor", - dedi "Match TV" jurnalistlariga Istanbul klubi matbuot xizmati.

Avvalroq, Fayzullaev turk klubiga o'tib, 5 yillik mehnat shartnomasi imzolagani haqida xabar berilgandi. Bitim summasi etti million evroni tashkil etdi.