Ispaniyalik jurnalist: "Real" nega yarim himoyachi sotib olmaganini tushunmayapman"

Ispaniyaning Marca nashri jurnalisti Pedro Risko "Real"ni yozda yarim himoyachi sotib olmayotgani uchun tanqid qildi.
"Real" yarim himoyada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Nega u erga hech kim sotib olinmaganini tushunmayapman.
Agar Karreras uchun 50 mln evro to'lanayotgan bo'lsa, Tidjani Reynders uchun 70 mln evro unchalik ko'p emas", - deb yozdi jurnalist.
Agar "qirollik klubi" Rodrigo va Dani Sebalosni sotsa, shundagina yangi yarim himoyachi va markaziy himoyachi uchun mablag' ajratishga tayyor.