Ispaniyalik futbolchi faqat A Seriyada o'ynashni istaydi

"Napoli" va "Jirona" Migel Guterres transferi bo'yicha kelishib oldi.
Himoyachi borasida klublar o'rtasida og'zaki kelishuvga erishildi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.
Transfer 18 million evro va bonuslar evaziga amalga oshiriladi. 24 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolanadi.
Ta'kidlanishicha, ispaniyalik faqat "Napoli"da o'ynashni xohlaydi. "Real Madrid" yosh o'yinchini qaytarib sotib olish bandini faollashtirmasligini tasdiqlashi bilanoq, shartnoma tuziladi.