Isko: "Zidan "Real"da menga ishongan yagona murabbiy bo'ldi"

Hozirda "Betis" sharafini himoya qilayotgan "Real" sobiq futbolchisi Isko Zinedin Zidan boshqaruvi davridagi o'yinlarini yodga oldi.
"Zidan "Real Madrid"ning menga ishonch bildirgan yagona murabbiyi edi. U hatto Benzema va Ronaldu juftligi ortida o'ynashim uchun taktik sxemani ham o'zgartirgan edi", - dedi 33 yoshli ispaniyalik hujumkor yarim himoyachi.