Isko: "Futboldan ketish vaqtini o'zim tanlashni istayman"

Sevilyaning "Betis" klubi a'zosi Isko hozirda shonli faoliyatidagi eng yaxshi davrni boshdan kechirayotganini ma'lum qildi.
Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi hozirgi klubida baxtli ekanini har tomonlama ko'rsatib turibdi. Shuningdek, u jurnalistlarga futboldan ketish vaqtini o'zi tanlashi haqida gapirgan.
"Futbol meni tark etishini emas, balki futboldan ketish vaqtini o'zim tanlashni xohlayman," - deya Iskoning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Isko bu yil "Betis" sardori bo'ladi, klub ustozi Manuel Pellegrini futbolchining xizmatlariga hurmat sifatida unga ushbu maqomni ishonib topshirgan.