Isakning "Nyukasl"dagi kelajagini kim hal qilishi ma'lum bo'ldi

"Nyukasl"ning shvetsiyalik hujumchisi Aleksandr Isakning taqdiri klub direktorlar kengashi raisi va Saudiya Arabistoni suveren jamg'armasi (PIF) rahbari Yosir Al-Rumayyan qo'lida, deb xabar beradi Telegraph Football.
Manbaga ko'ra, Evropa grandlari, jumladan, "Liverpul" va Saudiya Arabistoni klublari qiziqishi ortib borayotganiga qaramay, "Nyukasl" qat'iy pozitsiyada: Isak uzoq muddatli loyihaning eng muhim elementi bo'lib qolmoqda va transferga qo'yilmagan.
Futbolchining o'zi avvalroq amaldagi kelishuvni uzaytirishdan bosh tortgan, bu esa uning ketishi haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirgan.