Isakning murabbiy bilan til topishib ketishi qiyin bo'lyapti

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xauning fikricha, hujumchi Aleksandr Isak mashg'ulotlarni ruxsatsiz tark etib, klubga hurmatsizlik ko'rsatgan.
Bu "Liverpul"ning Isak bilan shartnoma imzolash istagi va "zag'izg'onlar"ning "qizillar" taklifiga rad javob berganidan so'ng sodir bo'lgandi.
Shvetsiyalik futbolchi yaqinda jamoaga qaytdi. Goal portalining xabariga ko'ra, Isakka chorshanba kuni bo'lib o'tadigan "Nyukasl"ning ichki tadbirida ishtirok etishiga ruxsat berilmagan.