"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak faoliyatini "Liverpul"da davom ettirmoqchi.

25 yoshli futbolchi mersisaydliklar safiga o'tishni orzu qilmoqda, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Endi barchasi "Nyukasl"ga bog'liq. Shved allaqachon "qarg'alar" rahbariyatiga o'z istagini bildirgan.

"Liverpul" Transfermarkt portali tomonidan 120 mln evroga baholangan Isak bo'yicha "juda jiddiy" taklif berishga tayyor. Avvalroq, ushbu forvardga Saudiya Arabistonidan qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgan, shuningdek, unga da'vogarlar qatorida Angliya Premer-ligasining boshqa grandlari ham tilga olingan edi. Yaqinda futbolchi "Nyukasl" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan edi.