Isak "Liverpul" bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Aleksandr Isak "Liverpul"ga o'tishiga yaqin turibdi. Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi bilan 2030 yil yozigacha shartnoma kelishib olingan. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
"Liverpul" yaqin 48 soat ichida "Nyukasl" bilan transfer summasi bo'yicha muzokaralarni boshlaydi. Transfer 138-172 million evro atrofida baholanmoqda.
O'tgan mavsumda Isak APLda 34 o'yinda 23 ta gol urib, liganing Salohdan keyingi eng yaxshi to'purari bo'ldi.